11:43 / 24.11.2019
2 442

Bashar Asadning qarindoshlari Ispaniyada pul yuvganlikda ayblanmoqda

Bashar Asadning qarindoshlari Ispaniyada pul yuvganlikda ayblanmoqda
Bashar Asadning amakisi Rifat Asad
Foto: The New York Times

Suriya prezidentining amakisi va yana 13 nafar odam 1980 yildan beri jinoiy guruh tuzgan holda 600 million yevrodan ko‘proq mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirganlikda ayblanmoqda. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

Ispaniya milliy sudi 22 noyabrda Suriya prezidentining amakisi, mamlakat sobiq vitse-prezidenti Rifat Asadga nisbatan jinoiy ish ochilganini e’lon qildi. Ayblov yana 13 nafar odamga, jumladan, 82 yoshli Rifat Asadning sakkizta farzandi va ikki nafar xotiniga ham taaluqli.

Taxminlarga ko‘ra ular 1980 yildan beri jinoiy guruh sifatida Ispaniya hududidagi Malaga viloyatida faoliyat olib borgan. Ispaniya sud organlarining ma’lumotida oilaning qiymati 695 million yevro bo‘lgan 507 ta ob’ektga egalik qilgani qayd etilgan.

Guruhning boshqa mamlakatlarda, xususan, Rifat Asadning bir nechta ko‘chmas mulk ob’ektlari bo‘lgan Buyuk Birtaniyada ham turli firmalar bilan hamkorlik qilgan va noqonuniy yo‘l bilan pullarni o‘zlashtirgan.
Boeing 727 samolyoti, luks klassga kiruvchi zirhli avtomobillar va uchta kema ham Bashar Asadning amakisi hamda uning oilaviy tashkilotining mulki hisoblanadi.

Sud organlarining taxmin qilishicha, XX asrning 80 yillarida Rifat Asad Suriya davlat g‘aznasidan Ispaniyaga 272 million yevro atrofidagi mablag‘ni olib chiqib ketgan.

Asadning o‘zi ushbu ko‘chmas mulk ob’ektlari egasi ekanligini Saudiya Arabistonidan qilingan hayriya va ehsonlar hisobiga xarid qilinganligi bilan izohlagan. Endi Ispaniya prokuraturasi ushbu jinoiy ish yuzasidan tergov-surishtiruvni boshlaydi.

Rifat Asad Suriyani 1983 yilda o‘z akasi, Bashar Asadning otasi Hafiz Asad hukumatiga qarshi harbiy to‘ntarishni amalga oshira olmagani tufayli tark etgan. Rifat Asadning boshqa iqtisodiy jinoyatlari yuzasidan Fransiya hamda Shveysariyada ham jinoiy ishlar ochilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bashar Asadning qarindoshlari Ispaniyada pul yuvganlikda ayblanmoqda