Foto: RIA Novosti
2019 yilda 2018 yilga nisbatan 48 foizga ko‘proq chet elliklar Rossiya Federatsiyasi fuqaroligini oldi. Bu haqda «Vechernyaya Moskva»ga tayanib Kun.uz yozmoqda.
Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatidan nashrga aniqlik kiritishlaricha, Rossiya Federatsiyasining yangi 285 ming fuqarosidan 146 mingi Ukraina fuqarolari, 35 mingi Qozog‘iston, 30 mingi Tojikiston, 17 mingi Armaniston, 14 mingi O‘zbekiston, 11,5 mingi Moldova fuqarolaridir.
Chet el fuqarolarining ko‘pchiligi Rossiya pasportini Rostov oblastida (71 ming), Moskva va Moskva oblastida (mos ravishda 10 va 18 ming), Krasnodar o‘lkasi, Sankt-Peterburg va Leningrad oblastida (har biri 10 mingdan) olgan.
Bundan oldin, O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasi fuqaroligi bekor qilinishi mumkin bo‘lgan o‘zbekistonliklar ro‘yxatini e’lon qilgandi.
«Ro‘yxatda ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini bekor qilish masalasi amaldagi qonunchilikka muvofiq ko‘rib chiqilmoqda», - deya aytib o‘tilgan ma’lumotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Putin Germaniyaning Rossiyadagi aktivlarini "Gazprom"ga topshirdi
“Barsa” ikki yulduz uchun bittasini “qurbon” qiladi
Ukraina urushidagi vaziyat: AQSHning yordami kechikmadimi?
Eng yaxshi superfud: ismaloqning foydali xususiyatlari
Halokatli tornado AQSH bo‘ylab yuzlab uylarga zarar yetkazdi (video)
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi