Foto: The Royal Mint
Britaniya qirollik zarbxonasi mamlakat tarixidagi eng yirik kolleksion oltin tangani zarb etdi. Tanganing diametri 17,5 sm, og‘irligi 5 kilogramm va qiymati 5 ming funt sterlingni (6437 dollar) tashkil qiladi. Bu haqda Evening Standard nashri xabar berdi.
Tanga Buyuk o‘ymakorlar seriyasiga kirib, old tomonida yozuvchi Edmund Spenserning “Parilar qirolichasi” poemasining qahramoni Una va unga hamrohlik qiluvchi sher tasvirlangan. Una qirolicha Viktoriyani (1819-1901), sher esa Britaniya xalqini ifodalaydi. Tanganing orqa tomonida esa qirolicha Viktoriyaning yon tomondan ko‘rinishi tasvirlangan.
Zarbxona bosh o‘ymakori Gordon Sammersning aytishicha, gigant-tangani yaratishda o‘ymakorlikning an’anaviy usullari bilan birga zamonaviy texnologiyalar qo‘llangan. Tanga sotilgan, biroq u necha pulga ketgani ma’lum qilinmagan.
Ushbu seriyaga kamroq og‘irlikdagi – 2 kglik tangalar ham kirgan. Ma’lum qilinishicha, shunday tangadan 4 dona chiqarilmoqchi. Ularning har biri narxi 154,5 ming dollargacha yetadi. Kolleksiyaga, shuningdek, shunday dizayndagi kichik kumush tangalar ham kirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Prezidentga temir yo‘l sohasidagi loyihalar taqdim etildi
Sergey Shoygu: “Ukraina Rossiya bilan urushda 111 mingdan ortiq askarini yo‘qotdi”