Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy haftada kamida bir marta bajarilgan ishlar to‘g‘risida fuqarolarga ma’lumot berishi haqida ma’lum qildi.
"Sizlar bilan haftada kamida bir marta uchrashish va o‘tgan hafta davomida qanday ishlarni amalga oshirganimiz to‘g‘risida xabardor qilish fikri tug‘ildi", - dedi u YouTube kanalida joylashtirilgan videomurojaatida.
Ukraina prezidenti mamlakatda yuz bergan so‘nggi voqelar haqida so‘zladi. U murojaatini Rossiya Ukrainaga 2018 yilda hibsga olingan kemalarni qaytarib berganidan boshladi. Bundan tashqari, u 2020 yil uchun mamlakat byudjeti qabul qilingani haqida so‘z yuritdi.
Zelenskiy 9 dekabrda Parijda o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lajak "normand to‘rtligi" (Rossiya, Germaniya, Fransiya va Ukraina) muzokaralariga alohida e’tibor qaratdi.
Ukraina prezidenti shuningdek, Kiyev joriy yilgi isitish mavsumiga tayyor ekanligini hamda mamlakat yerosti omborlarida "rekord miqdordagi gaz zaxiralari" borligini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi