
Rossiyaning Zabaykale o‘lkasida yo‘lovchi avtobus ko‘prikdan qulab tushdi. Hodisa Sretensk rayonida, Kuenga daryosi ustidan o‘tgan ko‘prikda sodir bo‘lgan.
Kia Granbird rusumli avtobus 360 kilometrlik Sretensk — Chita yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanayotganda, Sretenskdan 60 km masofada halokatga uchragan.
В результате падения туристического автобуса с моста в Забайкалье погибли 15 человек.
— АТН: Новости (@atnbtrc) December 1, 2019
Число пострадавших достигло 18 человек. По информации ГИБДД, автобус Kia Grandbird съехал с проезжей части из-за разрыва переднего колеса и упал в реку Куенга. pic.twitter.com/HU26ISpg6u
«Interfaks» agentligi ma’lumotiga ko‘ra, transport vositasi turfirmaga tegishli edi va buyurtma bo‘yicha reysni amalga oshirayotgan bo‘lgan. Avtobus daryo sathini qoplab olgan muzlik ustiga qulash chog‘ida aylanib ketgan va pastga teskari holatda tushgan.
«Interfaks» agentligi o‘z manbasiga tayanib xabar berishicha, 20 kishi halok bo‘lgan. Baza nashri ham avtobusdagilarning 20 nafari halok bo‘lgani, ularning ikki nafari bolalar ekani haqida xabar tarqatdi. Ichki ishlar bo‘limi xabariga ko‘ra esa, YTH oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, yana 18 kishi jarohatlangan, ularning 6 nafari shifoxonaga yotqizilgan. Avtobusda jami 43 kishi bo‘lgan, ularning barchasi — Rossiya fuqarolari. Avtobus muzlikda bo‘lgani tufayli u yerga og‘ir texnika bora olmagan va bu evakuatsiya ishlarini qiyinlashtirgan. 112 telegram-kanalida yozilishicha, avtobus kran orqali chiqarib olinadi. Jabrlanuvchilarni evakuatsiya qilish ishlari uchun sanitar aviatsiya harakatga keltirilgan. Qutqaruv amaliyotiga jami bo‘lib 30 kishi va 11ta texnika jalb etilgan.
#Видео с места падения автобуса с моста в Забайкалье. По предварительным данным, в экстренные службы поступило сообщение о падении автобуса "Гранд Берд" с моста через реку Куенга. В момент аварии внутри находились 43 пассажира и водитель. Погибло 10 человек pic.twitter.com/UJKJItLauQ
— РЕН ТВ | Новости (@rentvchannel) December 1, 2019
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobusning g‘ildiragi yorilib ketgan. Shu tufayli haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtobus ko‘prik to‘sig‘iga urilib, pastga qulagan. «Interfaks» ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi bu holatda mast bo‘lmagan. Fojia oqibatida u ham halok bo‘lgan.
Tergov qo‘mitasi hodisa yuzasidan jinoiy ish ochgan. Zabaykale o‘lkasi prokuraturasi tekshiruv ishlarini boshlagan.
UPD: Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruv amaliyoti yakunlangani va hodisa oqibatida jami 19 kishi qurbon bo‘lganini e’lon qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar