date
views 1 633

Xitoyda smartfon foydalanuvchilari uchun yangi talab joriy etildi: ularning yuzi skanerdan oʻtkaziladi

Xitoyda smartfon foydalanuvchilari uchun yangi talab joriy etildi: ularning yuzi skanerdan oʻtkaziladi
Foto: AFP
1 dekabrdan boshlab Xitoy fuqarosi yangi mobil aloqa qurilmasini ulash uchun oʻz yuzini skanerdan oʻtkazishi talab etiladi.

Rasmiylarga koʻra, bu kibermakonda fuqarolarning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya qilish uchun qilinmoqda, deb xabar beradi BBC.

Koʻp yillar davomida Xitoy hukumati internetdan anonim tarzda foydalanish bilan doimiy ravishda kurashib keladi. Xususan, mobil raqamni olish uchun ilgari fotosurat bilan shaxsni tasdiqlash talab qilingan (koʻp mamlakatlarda boʻlgani kabi).

Endi taqdim etilgan fotosurat foydalanuvchini aniqlash va tarmoqdagi barcha foydalanuvchilar oʻzining haqiqiy ismi ostida boʻlishiga ishonch hosil qilish uchun skanerdan oʻtkazilgan yuz tasviri bilan solishtiriladi.

Xitoy ommaviy axborot vositalari yangilikka unchalik ahamiyat bermayapti. Ammo ijtimoiy tarmoqlarning yuzlab foydalanuvchilari rasmiylar ular haqida tobora koʻproq maʼlumot yigʻayotganidan xavotirda.

Koʻpchilik shaxsiy maʼlumotlari sizib chiqishi ehtimoli haqida shikoyat qilmoqda. Ularning soʻzlariga koʻra, ismi va manzilini qayerdandir topgan notanish odamlar ham qoʻngʻiroq qilishni boshlagan.

Xitoy “kameralar mamlakati” deb ataladi. 2017-yilda ularning soni 170 million dona edi, 2020-yilda bu raqam 400 millionga yetishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda smartfon foydalanuvchilari uchun yangi talab joriy etildi: ularning yuzi skanerdan oʻtkaziladi