
Foto: AP Photo / Lefteris Pitarakis
Turkiya Suriya shimoli-sharqida suriyalik harbiylar emas, terrorchilar bilan kurashmoqda va oʻt ochishni toʻxtatish boʻyicha majburiyatlarini buzmoqchi emas. Bu haqda Turkiya prezidenti maʼmuriyatining xavfsizlik va tashqi siyosat boʻyicha kengashi aʼzosi Ismoil Safi maʼlum qildi.
“Bu hudud terrorchi unsurlardan batamom tozalangani yoʻq. Turkiya Suriya qoʻshinlariga emas, faqat terrorchilarga qarshi kurashmoqda”, - dedi Safi Suriya armiyasi va turk qoʻshinlari oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlayotgani haqidagi xabarlarni izohlarkan.
Avvalroq SANA agentligi Turkiya Suriyaning Ras al-Ayn shahrida harbiy baza qurayotgani toʻgʻrisida xabar tarqatgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar