Mixail Gorbachev qurollanish poygasi va sovuq urush tahdididan xavotir bildirdi

Mixail Gorbachev qurollanish poygasi va sovuq urush tahdididan xavotir bildirdi
SSSRning sobiq prezidenti Mixail Gorbayev dunyoga qurollanish poygasi va sovuq urush tahdid qilayotganidan xavotir bildirdi. U bu haqda CNN muxbiriga aytdi.

Sobiq Sovet Ittifoqining birinchi va oxirgi prezidenti fikriga koʻra, “jahon liderlari ixtiloflarni bartaraf etish va jahonda tinchlik oʻrnatishning xavfsiz arxitekturasini hali ham yarata olmadilar”.

“Siyosat va fikrning mmilitarizatsiyasi davlatlar orasidagi ishonchni yoʻqqa chiqaradi”, dedi Gorbachev.

Sobiq siyosatchi dunyo liderlarini xuddi SSSR va AQSH oʻrtasida Reykyavik va Maltada boʻlgan uchrashuvlarda erishilganidek, tinchlik uchun doimo hamkorlikka chaqirdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar