
Ukraina prezidenti Vladimir Zelinskiy TIME jurnaliga bergan intervyusida AQSH bir mamlakatni korrupsiyalashgan deb atashi nima uchun quruq gap boʻlib qolmasligi haqida toʻxtaldi:
Amerika Qoʻshma Shtatlari - bu signal - dunyo uchun, hamma uchun. Masalan, Amerika Ukrainani korrupsiyaga botgan davlat deb atashi eng ogʻir signallardan biridir.
Bu aytishga juda oson, shunchaki soʻzlar jamlanmasi boʻlib tuyulishi mumkin: Ukraina korrupsiyaga botgan davlat. Lekin bu shu joyda tugamaydi.
Bu signalni hamma eshitadi. Investorlar, banklar, qiziquvchilar, kompaniyalar. Bu Ukrainada xalqaro kapitalga ega boʻlgan Amerika, Yevropa kompaniyalari uchun signal - “Ehtiyot boʻl, sarmoya kiritma”, degandek. Yoki “Bu yerdan ket”, degandek. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar