
Foto: REUTERS
Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi Vashington Pxenyandan “Rojdestvo sovgʻasi” olishi mumkinligini maʼlum qildi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
KXDR tashqi ishlar vaziri Ri Txe Son ana shunday bayonot bilan chiqdi. U AQSHni denuklearizatsiya boʻyicha muzokaralarni choʻzishda va amerikalik siyosatchilarni bu muzokaralardan oʻz maqsadlarida foydalanishda aybladi.
“AQSH reklama qilgan muloqot aslida KXDRni bu muloqotga olib kirish va undan saylov kampaniyasi davomida oʻz siyosiy maqsadlarida foydalanish uchun qilingan ahmoqona hiyladan boshqa narsa emas”, - dedi Ri Txe Son.
“Rojdestvoga qanday sovgʻa olish Qoʻshma Shtatlarning oʻziga bogʻliq”, - deb qoʻshib qoʻydi diplomat.
Ri Txe Sonning bayonotidan bir necha soat keyin AQSHning Shimoliy Koreya boʻyicha maxsus vakili Stiven Bigan Vashington yadroviy qurolsizlanish boʻyicha Pxenyan bilan muzokaralardan voz kechmasligini maʼlum qildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar