KXDR yetakchisi Kim Chen In oq otida koreyaliklar uchun muqaddas bo‘lgan Pektusan tog‘iga ko‘tarildi. U oktyabr oyida ham bunday safarni amalga oshirgan edi.
Bloomberg nashrining yozishicha, Shimoliy Koreya lideri muhim qarorlarni qabul qilishdan oldin Pektusanga ko‘tarilishni odat qilgan.
Kim Chen In Pektusanga 4 dekabr kuni Koreya inqilobiy va harbiy shuhrati aks etgan maskanni ko‘rish uchun keldi, deb xabar qildi STAK axborot agentligi.
KXDR lideriga xotini Li Sol Chju va harbiy qo‘mondonlar hamrohlik qildi.
Tog‘da Ikkinchi jahon urushida yapon interventlariga qarshi kurash olib borgan partizanlar lageri joylashgan.
Kim Chen In "Shimoliy Koreya yoshlari Pektu inqilobi qadriyatlari asosida buyuk g‘oya va ruh bilan qurollanishi kerak" dedi.
Kim Chen In ilgari Pektusan tog‘iga mamlakat boshlig‘i lavozimida o‘ta og‘ir vaziyatlarda ko‘tarilgan: 2013 yil fevral oyida amakisi Chan Son Tayek qatl qilinishidan oldin, 2014 yil noyabr oyida otasining vafoti uchinchi yilligi arafasida, 2017 yil dekabr oyida Janubiy Koreya bilan munosabatlarni o‘rnatish arafasida.
Pektusan tog‘i KXDRni boshqarayotgan sulola uchun ham muqaddasdir. Aytilishicha, Kim Chen Inning otasi Kim Chen Ir ham shu yerda tug‘ilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi