Agar musulmonlar zakot berganida edi, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlarda qashshoqlik muammosi qolmasdi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Islom hamkorlik tashkilotining Istanbuldagi konferensiyasida ana shunday fikr bildirdi.
Uning ta’kidlashicha, dunyodagi musulmon mamlakatlar katta tabiiy boyliklar va strategik joylashuvga ega.
“Ammo musulmon davlatlarning dunyo iqtisodiyotidagi umumiy ulushi 10 foizga ham yetmaydi. Bundan ham achinarlisi, Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlardagi aholining 21 foizi – 350 million kishi qashshoqlikda kun kechirmoqda. Milliy daromad va rivojlanganlik borasida ham mamlakatlarimiz orasida katta farq borligini ko‘ryapmiz.
Eng boy musulmon davlat va eng kambag‘al musulmon mamlakat o‘rtasidagi farq 200 baravardan ortiqni tashkil etadi. Demak, musulmonlar o‘zaro zakot muassasasini ishga tushirishmayapti. Musulmonlar o‘zlarining orasida zakot beradigan bo‘lsa, musulmon o‘lkalarda qashshoq qolmaydi”, – dedi Erdo‘g‘an. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Xodimlarning mehnat qonunchiligiga rioya etilishi nazoratga olingan
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Elektromobil haydovchilar uch xil bo‘ladi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin