Foto: EPA-EFE/MICHAEL REYNOLDS/POOL
KXDRning Osiyo-Tinch okeani hududida tinchlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kim Yon Chxol AQSh prezidenti Donald Trampni qari va besabr deb atadi.
"Hozirda Donald Tramp qari va besabr inson ekanligini ko‘rish mumkin", - dedi Kim Yon Chxol.
Uning qo‘shimcha qilishicha, "Tramp KXDR to‘g‘risida ko‘p narsani bilmaydi va uning fuqarolarining yo‘qotadigan narsasi yo‘q".
"5 dekabr kungi ogohlantirishimizga qaramasdan, Amerika yetakchisining noo‘rin va xavfli gaplari to‘xtamadi. Agar u shu tarzda davom etadigan bo‘lsa, KXDR davlat kengashi raisi Kim Chen Inning Amerika prezidenti to‘g‘risidagi fikri o‘zgarishi mumkin", - dedi Kim Yon Chxol.
7 dekabr kuni Donald Tramp jurnalistlar bilan uchrashuvda KXDR AQShdagi bo‘lajak prezident saylovlariga aralashmasligiga umid bildirdi.
Ammo ertasiga o‘zining Twitter sahifasida "agar Kim Chen In dushmanona harakat qiladigan bo‘lsa, barcha narsadan ayrilishi mumkin"ligini yozdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
O‘zbekiston va Qatar ishchilarni jalb etish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yyapti
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi