08:00 / 12.12.2019
4 400

“Bobur” masjidini buzgan hind islomni qabul qilgan

“Bobur” masjidini buzgan hind islomni qabul qilgan
1992 yilda Hindistonning Ayodxya shahridagi mashhur “Bobur” masjidini vayron qilishda faol ishtirok etgan hind keyinchalik islomni qabul qildi va yetkazilgan zararni qoplash maqsadida o‘nlab masjidlar qurdirdi.

Ma’lumki, 1992 yilning 6 dekabrda radikal hindlarning katta guruhi “Bobur” masjidini buzib tashlagan. O‘shanda Balbir Singx qo‘llarida bolg‘a bilan masjidning gumbaziga ko‘tarilgan va Allohning uyini vayron qilishga qo‘shilgan edi. U hattoki gumbazning bir qismini esdalik sifatida saqlab qo‘ygandi. Shu voqeadan so‘ng Balbir qilmishlari haqida tafakkur qildi, islomofobik qarashlardan voz kechdi va 1993 yil iyunida islomni qabul qildi, deya yozadi Islamnews.ru.

“Masjid vayron bo‘lganidan so‘ng uylarimizga tarqaldik va hamma bizni qahramonlardek kutib oldi. Ammo oilamning munosabati meni hayratga soldi, – deya eslaydi u. – Ularning menga nisbatan ko‘ngli soviganini ko‘rganimda juda yomon ish qilganimni angladim va o‘zimni to‘g‘ri yo‘lga solishga qaror qildim”.

Balbir Muhammad Amir ismini qabul qilgan va musulmon ayolga uylangan. U vayron qilingan masjid o‘rniga yangilarini qurishga va’da berdi va o‘sha vaqtdan boshlab 90 ta masjid barpo etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Bobur” masjidini buzgan hind islomni qabul qilgan