Foto: “Tipstravels.com”
Turkmaniston hukumati korrupsiya jinoyatida jazoga hukm etilganlarga nisbatan amnistiya va afv etish aktlarini qoʻllamaslikka qaror qildi, deya xabar berdi “Neytralnыy Turkmenistan” gazetasi.
Mamlakat prezidenti Gurbanguli Berdimuhamed Turkmaniston Jinoyat kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida tegishli qonunni imzoladi.
Mazkur kodeksning 80-moddasida korrupsiya va giyohvand moddalar, psixotrop moddalar prekursorlarning noqonuniy aylanmasi bilan bogʻliq jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilgan mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish aktlari qoʻllanilmasligi qayd etib qoʻyildi.
Giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchilarga nisbatan amnistiya va afv etish qoʻllanilishi 2015-yilda bekor qilingandi.
Mazkur qonun rasman chop etilgandan kundan boshlab kuchga kiradi.
Turkmanistonda afv etish aksiyalari davlat bayramlari va muhim sanalar sharafiga yiliga toʻrt-besh marta oʻtkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi