
«Xalq xizmatchisi» serialidan kadr.
Rossiyaning TNT telekanali «Kvartal 95» studiyasi tomonidan ishlangan «Xalq xizmatchisi» seriali namoyishini to‘xtatdi. Ushbu serialda bosh obrazni Ukrainaning amaldagi prezidenti Vladimir Zelenskiy ijro etgan.
Shuningdek, namoyish etilgan birinchi qismda prezident Putinga oid hazil sahnasi ham kesib tashlangan.
Zelenskiy «1+1» telekanaliga bergan intervyusi davomida mazkur voqea haqida ham gapirib o‘tgan. U Rossiya telekanalida serial namoyishi to‘xtaganidan afsusda ekanini bildirgan.
- Juda afsusdaman. bu bir strategiya edi. Bilasizmi, kimdadir atom quroli bor, kimdadir «Xalq xizmatchisi», - degan Ukraina rahbari efirda.
Eslatib o‘tamiz, 9 dekabr kuni Normand formatidagi sammit davomida Rossiya va Ukrainaning amaldagi rahbarlari ilk bor uchrashdilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar