Foto: indianexpress.com
7 oylik Uilyam Charlz MakMillian AQSHning Uaytxoll shahri (Texas shtati) meriga aylandi. Endi u AQSHning eng yosh meri hisoblanadi. Bu haqda Indian Express nashri xabar berdi.
Bolakay Uaytxoll meri lavozimini u har yili auksionga qo‘yilishi va uning oilasi joriy yilda u uchun eng katta summa taklif qila olgani sababli egallay oldi. Auksiondan tushgan pullar xayriya maqsadlariga yo‘naltiriladi.
Bolakay inauguratsiya marosimiga uni asrab olgan ota-onasi bilan birga kelgan. U qora smokingda bo‘lgan. Tadbir shahar jamoatchilik markazida 150 ga yaqin odam ishtirokida bo‘lib o‘tgan.
Tadbirda ishtirok etgan qo‘shni Novasota shahar kengashi raisi Josh Fulsning ta’kidlashicha, har bir odam bolakayni o‘z bag‘riga bosishga oshiqqan. “Hozir davlatimiz murakkab davrni boshdan kechirmoqda va mer Charli jamiyatga tinchlik va ezgulikni qaytarishga yordam beradi”, deb aytgan Fuls.
7 oylik mer ota-onasi yordamida “Amerikani yana mehribon qilamiz” iborasini o‘ziga shior qilib tanlangan va qasamyod keltirib, unda mer lavozimini vijdonan bajarishga, bolalar maydonchasida hammaga mehribon bo‘lishga, shag‘al yo‘llarni yaxshi holatda saqlashga, o‘t o‘chiruvchilarga pechene olib kelib turishga, eng katta laqqa baliqni tutishga hamda Uaytxoll aholisini himoyalash va asrashga va’da bergan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
Shi Te Yong: "Bizda hali olimpiadaga chiqish imkoniyati bor"
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Ilon Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi uzoq muddatli yordam bo‘yicha muzokaralarni “aqldan ozish” deb atadi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi