19:00 / 19.12.2019
4 577

Putin qizlari to‘g‘risidagi savolga aniq javob bermadi

Putin qizlari to‘g‘risidagi savolga aniq javob bermadi
Foto: Reuters
Rossiya prezidenti Vladimir Putindan matbuot anjumani chog‘ida jurnalistlardan biri OAV uning qizlari deb atayotgan Mariya Voronsova va Katerina Tixonovani qachon o‘z farzandlari deb tan olishini so‘radi.

U bu savolga javob bermadi, ular bilan bog‘liq kompaniyalar faoliyati to‘g‘risidagi savolga javobida esa ularning ism-sharifini tilga olmadi va «ayol» so‘zi bilan cheklandi.

«Siz bir ayolni, ikkinchisini, ularning shaxsiy ulushi, biznesining hajmini tilga oldingiz. Siz fakt keltirdingiz, ammo bu yetarli emas. Kavlashtirib ko‘rsangiz bu qanaqa biznes, kimga nima tegishli, kim kimga yordam berayotganini bilasiz», — dedi Putin.

Rasman Putinning ikki nafar qizi borligi ma’lum, ammo u hech qachon ularning shaxsini ma’lum qilmagan. Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, uning farzandlari fan bilan mashg‘ul va «siyosatga aralashishmaydi». U shuningdek, ikki nafar nabirasi borligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin qizlari to‘g‘risidagi savolga aniq javob bermadi