15:40 / 26.12.2019
2 866

Lissabonlik musulmonlar boshpanasiz nasroniylarni bayram dasturxoniga taklif qildi

Lissabonlik musulmonlar boshpanasiz nasroniylarni bayram dasturxoniga taklif qildi
Portugaliya poytaxti Lissabonda boshpanasiz nasroniylar Mavlid bayramini g‘ayrioddiy joyda nishonladi. Musulmonlar jamoasi ular uchun masjidda bayram dasturxoni yozdi, deya xabar bermoqda “Yevronyus”ga tayanib Azon.uz nashri.

Bunday e’tibordan boshpanasizlar, albatta, xursand bo‘ldi. “Bu yerdagi muhit g‘oyat samimiy. O‘z uyimda ham o‘zimni bunchalik yaxshi his qilmaganman, – deydi ulardan biri. – Dasturxon yozilgan, iliq so‘zlar, issiq taom – juda yoqimli”.
Nuriya Tarmuhammad ismli ko‘ngillining aytishicha, bayram dasturxoniga 80-90 chog‘li odam keldi. “Biroq bayram endi boshlanyapti. Biz ko‘chaga chiqib, bu yerga kelmaganlarga taom tarqatamiz”, – deydi u.
Rasmiy ma’lumotlarga qaraganda, Portugaliya poytaxtida qariyb 2,5 ming boshpanasiz bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lissabonlik musulmonlar boshpanasiz nasroniylarni bayram dasturxoniga taklif qildi