
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Olmaotadan Nur Sultonga parvoz qilgan samolyot halokatga uchradi. Bu haqda Olmaota aeroporti Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.
Qayd etilishicha, Bek Air aviakompaniyasining samolyoti bortida 100 kishi bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokat oqibatida omon qolganlar bor.
Hodisa ro‘y bergan joyda - Olmaota aeroportiga yaqin hududda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.
Hozirgi vaqtda 7 kishi halok bo‘lgani ma’lum.
Qozog‘iston bosh vazirining topshirig‘iga ko‘ra, bosh vazir o‘rinbosari boshchiligida hukumat komissiyasi tuzildi.




Qozog‘istonAviakompaniya HalokatiOlmaota AeroportiOmon QolganlarQidiruv IshlariBosh Vazir O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar