21:30 / 27.12.2019
4 451

Alisher Usmonovning boyligi $12,5 milliardga yetdi

Alisher Usmonovning boyligi $12,5 milliardga yetdi
Foto: «Forbes»
«Forbes» yakuniga yetib borayotgan o‘n yillikda eng muvaffaqiyatli faoliyat yuritgan rossiyalik milliarderlar reytingini tuzdi. Unga 2010 yildan beri, jami hisoblaganda, 111 mlrd. dollarga boyigan biznesmenlar kiritildi.

«Novatek» gaz kompaniyasi boshqaruvi raisi Leonid Mixelson hammadan ko‘p pul ishladi — 2019 yil oxiriga kelib, uning boyligi 27 mlrd. dollarga yetdi. Taqqoslash uchun: o‘n yil ilgari uning boyligi 4,4 mlrd. edi.

«Volga Group» xo‘jayini Gennadiy Timchenkoning boyligi esa 22,7 mlrd. dollar. 2010 yildan beri o‘n karra boyidi.
Katta uchlikni «Nornikel» bosh direktori Vladimir Potanin yopib berdi. O‘n yil davomida boyligi $13,5 mlrd.dan $23,8 mlrd.gacha ko‘paygan.

O‘n yilda $5,3 milliardga boyigan Alisher Usmonov 8-o‘rinda: 2010 yilda — $7,2 mlrd, 2019 yilda — $12,5 mlrd.

Reytingga shuningdek Vagit Alekperov, Aleksey Mordashov, Andrey Melnichenko, Viktor Vekselberg, Vladimir Lisin va Andrey Kozitsinlar ham kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alisher Usmonovning boyligi $12,5 milliardga yetdi