date
views 4 747

Ukraina “Botir Buxarskiy“ni Ispaniyaga berib yubordi

Ukraina “Botir Buxarskiy“ni Ispaniyaga berib yubordi
Ukraina Milliy politsiyasining xabariga ko‘ra, joriy yilning bahorida “qonundagi o‘g‘ri“ Ukrainaga noqonuniy ravishda kelgan va bundan Ukraina maxsus xizmatlari xabar topgan. Xavfsizlik kuchlari “Botir Buxarskiy“ning yashash joyini aniqlab, uni hibsga oladi va bu haqda Yevropadagi hamkasblariga xabar beradi.

Qonundagi o‘g‘ri (“vor v zakone“) Botir Buxarskiy 1998 yilda Moskvada “Ded Xasan“ tomonidan taxtga qo‘yilgan va “Yaponchik“ ismli boshqa qonundagi o‘g‘rining ishongan odamlari qatorida bo‘lgan.

npu.gov.ua
Politsiyaning ta’kidlashicha, qonundagi o‘g‘ri 2017 yildan beri Ispaniyadagi jinoyati uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan. U boshqa tajovuzkor guruh bilan birgalikda jinoiy yo‘l bilan qo‘lga kiritilgan pullarni “yuvish“ rejasini tuzgan.

“Dastlab, kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan 48 yoshli Rossiya fuqarosi Botir Rahimov Ispaniya Qirolligiga topshirish uchun “chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun vaqtincha qolish markazi“ga joylashtirildi. 24 dekabr kuni Botir Rahimovning ekstraditsiyasi amalga oshirildi. Endi Ispaniyada “Botir Buxarskiy“ni 17 yillik qamoq jazosi kutmoqda“, deyiladi politsiya bayonotida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina “Botir Buxarskiy“ni Ispaniyaga berib yubordi