
Foto: Timur Batirshin / RIA Novosti
Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, aviahalokat texnik nosozlik, ob-havo sharoiti yoki uchuvchi xatosi tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Qulagan samolyotning «qora qutilari» shifrdan chiqarish uchun Moskvaga yuboriladi.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Olmaotada Fokker-100 samolyotining qulashi bilan bog‘liq bir nechta versiya ustida ishlamoqda, deb yozyapti Tengrinews mahkama matbuot xizmatiga tayanib.
Ushbu versiyalar orasida samolyotning texnik nosozligi, ob-havo sharoiti, shuningdek, parvoz paytidagi xato mavjud. Ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev tergov mavjud bo‘lgan barcha audio va video yozuvlar, samolyot va uchish-qo‘nish yo‘lagining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganayotgani, shuningdek, parvozlarni tashkil etadigan yerusti va aviatsiya xizmatlari faoliyatini tekshirayotganini ta’kidladi.
Halokatga uchragan laynerning bort yozuvlari shifrdan chiqarish uchun Moskvadagi Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasiga topshiriladi, deb xabar berdi Tengrinews sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Berik Kamaliyevga tayanib.
27 dekabr kuni Olmaota aeroportidan parvoz qilgan, bortida 93 yo‘lovchi va ekipajning 5 a’zosi bo‘lgan Bek Air aviakompaniyasi samolyoti oradan ko‘p o‘tmay xususiy sektorda halokatga uchradi. Natijada, 12 kishi, jumladan, havo kemasi sardori halok bo‘ldi.
Qozog‘iston IIVOlmaota SamolyotiFokker-100Aviahalokat VersiyalariTexnik NosozlikYerlan Turgumbayev O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar