Foto: REUTERS/Khalid al-Mousily
AQSHning Bag‘doddagi elchixonasi hujumga uchragani sababli konsullik ishini to‘xtatdi va amerikalik fuqarolarga elchixona binosiga yaqinlashmaslikni tavsiya qildi. Bu haqda elchixona saytida ma’lum qilingan.
“AQSH elchixonasiga hujum sababli barcha konsullik amaliyotlari yana boshlanishi ma’lum qilingungacha to‘xtatildi. Barcha rejalashtirilgan uchrashuvlar bekor qilinadi. AQSH fuqarolariga elchixona binosiga yaqinlashmaslik tavsiya qilinadi”, deyilgan xabarda.
Shuningdek, amerikaliklarga Iroqqa tashrif buyurmaslik, u yerda bo‘lganlarga esa norozilik namoyishlari o‘tkazilishi joylaridan qochish tavsiya qilingan.
Viza va boshqa masalalar yuzasidan AQSHning Erbildagi bosh konsulligiga murojaat qilish tavsiya qilingan.
AQSH elchixonasidagi norozilik namoyishlari AQSH harbiy-havo kuchlarining “Hizbulloh” harakati ob’ektlariga zarbasidan keyin boshlangan. Amerikalik harbiylar zarbalar “Hizbulloh”ning hujumlariga javoban berilganini ta’kidlashgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
La Liga. “Real Madrid” muddatidan oldin Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi (video)
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
O‘zbekistonda italiyaliklar moda va dizayn sohasida dars o‘tadi
Ukrainada safarbarlik to‘g‘risidagi yangi qonunning bir qismi kuchga kirdi