date
views 3 540

Turkmaniston prezidenti Yangi yil bazmida dijeylik qildi (video)

Turkmaniston prezidenti Yangi yil bazmida dijeylik qildi (video)
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining turfa qirralari bilan ajablantirishda davom etmoqda. U Yangi yil bazmida dijeylik qildi va bir qator kompozitsiyalarni ijro etdi. Tadbir ishtirokchilari uni qizg‘in qo‘llab-quvvatlab turishgan.

Turkmaniston prezidenti bazmning deyarli boshidan oxirigacha dijeylik apparaturasi ortida turib, qo‘shiqchilarga jo‘r bo‘lib turgan.
Berdimuhamedovning dijeylik qilayotgani videosi 1 yanvarda YouTube’da e’lon qilindi.
Avvalroq Turkmaniston prezidenti sirkda artistlar oldida chiqish qilib, oq rangli otda manejni bir necha marta aylanib chiqqan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti Yangi yil bazmida dijeylik qildi (video)