
Foto: EPA
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 2019 yildagi daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani yangiladi. Hujjat Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha milliy agentlik saytida joylashtirildi, deya xabar beradi Daryo.uz.
Deklaratsiyadan ma’lum bo‘lishicha, 27 dekabrda Ukraina prezidenti «Kvartal 95» studiyasidan 4,8 million griven (205,9 ming dollar) miqdorida mualliflik haqi, shuningdek, savdo markasidan foydalanilgani uchun 104 ming griven (4,3 ming dollar) tovon puli olgan.
2019 yil uchun daromadlar to‘g‘risidagi to‘liq deklaratsiyani Ukraina prezidenti joriy yil aprel oyigacha e’lon qilishi kerak.
Ukraina PrezidentiVladimir ZelenskiyYilKorrupsiyaga Qarshi KurashKvartal 95Daromad DeklaratsiyasiMualliflik Haqi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar