06:00 / 07.01.2020
3 154

Londonning ba’zi tumanlarida musulmonlar soni 50 foizdan oshdi

Londonning ba’zi tumanlarida musulmonlar soni 50 foizdan oshdi
Buyuk Britaniya Milliy statistika byurosining ma’lum qilishicha, mazkur mamlakatda musulmon aholi soni 2019 yil oxiriga kelib 3,363,210 nafarga yetdi. Bu esa jami aholining 5,9 foizi demakdir.

Hozirda Londonning ba’zi tumanlarida musulmon aholining ulushi 50 foizdan oshadi. Agar ushbu tendensiyada davom etsa, keyingi o‘n yil ichida bu yerlarda musulmonlar shaharning asosiy qismiga aylanadi, deya yozadi The Sun nashri.

2018 yilgi ma’lumotga qaraganda, Londonda 1,26 millionga yaqin musulmon yashaydi, bu poytaxt aholisining 14,2 foiziga tengdir.
Musulmonlar soni o‘sishda davom etayotgan bir paytda nasroniylar va sikxlar soni kamaydi. Yahudiylik va buddaviylikka e’tiqod qiluvchi aholining o‘sish sur’ati deyarli o‘zgarmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londonning ba’zi tumanlarida musulmonlar soni 50 foizdan oshdi