date
views 4 065

AQSHning B-52 bombardimonchi samolyotlari Eronga yaqin orol hududiga joylashtirildi

AQSHning B-52 bombardimonchi samolyotlari Eronga yaqin orol hududiga joylashtirildi
Foto: TASS
AQSHning Luizina shtati "Barksdeyl" aviabazasidagi oltita B-52 strategik bombardimonchi samolyoti Hind okeanidagi Diyego-Garsiya oroliga keltirildi, deb yozmoqda Kun.uz nashri Fox News'ga tayanib.

Telekanalning bildirishicha, baza Eronning janubiy chegarasidan 3700 kilometr masofada joylashgan.

Xabar qilinishicha, har bir bombardimonchi samolyot sakkizta dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, ko‘p miqdorda qurol, qanotli raketalar, lazer boshqaruvli bombalar va gravitatsion atom bombalarini tashishga mo‘ljallangan.

3 yanvar kuni Bag‘doddagi aeroportda amerikalik harbiylarning aviazarbasi oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni general Qosim Sulaymoniy o‘ldirildi.

Rasmiy Tehron generalning o‘limi uchun Vashingtondan qasos olinishini ma’lum qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning B-52 bombardimonchi samolyotlari Eronga yaqin orol hududiga joylashtirildi