
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p qavatli mehmonxonaning balkonidan o‘tib, bemalol devor qirrasida o‘ynab yurgan 5 yashar qizcha haqidagi video lavha tarqaldi. Ma’lum bo‘lishicha bu vaqtda qizaloqning onasi hammomda cho‘milayotgan bo‘lgan.
Bu holatni mehmonxona ro‘parasidagi ko‘p qavatli uyda yashovchi erkak telefon kamerasiga video tasvirga olgan.
Balkondan devor qirrasiga chiqib olgan qizaloq yurib, keyin yugurib devordan chiqib turgan beton qirrasida sayr qilgan. Keyin hech nima bo‘lmagandek yana balkondan uyga kirib ketgan. Yaxshiyam baland qavatdan yiqilib tushmagan.
La Sexta kanali ma’lum qilishicha, mazkur video tarmoqda tarqalgach ispaniyalik politsiyachilar darhol qizchaning ota-onasini topishgan. Bular Finlyandiya fuqarolari bo‘lib, Ispaniyaga dam olish uchun kelishgan ekan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar