22:00 / 10.01.2020
4 793

“Ikkinchi jahon urushini Germaniya va Sovet Ittifoqi boshlagan”

“Ikkinchi jahon urushini Germaniya va Sovet Ittifoqi boshlagan”
Polsha parlamentining quyi palatasi – seym Rossiya siyosatchilari, xususan, prezident Vladimir Putinning Ikkinchi jahon urushi boshlanishida Polshaning roli haqidagi “ig‘vogarona” va “yolg‘on” so‘zlarini qoraladi. Bu haqda Azon.uz nashri xabar bermoqda.

Ceym qabul qilgan rezolyutsiyaga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushini ikki totalitar tuzum – natsistlar Germaniyasi va kommunistik Sovet Ittifoqi boshlagan. Shuningdek, hujjatda Gitler va Stalin 1939 yilning 23 avgustida maxfiy pakt tuzganidan keyin boshlangan tajovuzning ilk qurbonlari Polsha hamda Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlari bo‘lgani aytilgan.

Rezolyutsiyada Sovet Ittifoqining “uchinchi reyx”ga qarshi kurashdagi harakatlari e’tirof etilgan bo‘lsa-da, biroq bu Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlariga mustaqillik va suverenitetni olib kelmagani, inson huquqlarini ta’minlamagani ta’kidlangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘tgan yilning 20 dekabrida, keyin 24 dekabrida Ikkinchi jahon urushi haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, urushning boshlanishida Polshaning ham aybi bor, mamlakat rahbariyati antisemit bo‘lgan. Shuningdek, Putin 1939 yilgacha Polshaning Germaniyadagi elchisi bo‘lgan Yuzef Lipskiyni “ablah va antisemit cho‘chqa” deb atadi.

Shundan so‘ng Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Rossiya prezidenti ko‘p marta atayin Polsha haqida yolg‘on gapirganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Ikkinchi jahon urushini Germaniya va Sovet Ittifoqi boshlagan”