Amerikaning «Gasting Bronkos» futbol klubi vakili Erik Birigitti Avstraliyada do‘stlari bilan o‘tkazayotgan ta’tili vaqtida fojiali vafot etdi. Bu haqda El Caso nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi toshli qirg‘oq bo‘ylab aylanib yurganida kutilmaganda sirpanib, tepalikdan suvga qulagan. Natija kuchli oqim Erik Birigittini dengiz tomon olib ketgan. Uning do‘stlari har qancha yordam berishga harakat qilishmasin, urinishlar zoye ketgan. Voqea joyiga politsiya va qutqaruv guruhlari yetib kelgach, kechasi jasadning qoldiqlarigina topilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq dengizda Birigittiga akulalar hamla qilib, uni yeb ketishgan. Akula hujumiga qadar, Erik tirik bo‘lganmi yoki yo‘q – hozircha noma’lum.
Marhum futbolchining klubi «Gasting Bronkos» Erik Birigittining yaqinlariga o‘z hamdardligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Global Janub kimniki?
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi