date
views 4 134

Floridada odam bo‘yi keladigan baliq tutildi. Gruper 159 kg tosh bosdi

Floridada odam bo‘yi keladigan baliq tutildi. Gruper 159 kg tosh bosdi
Foto: UPI
AQSHning Florida shtati sohillari yaqinida baliqchi Jeyson Boyll odam bo‘yi keladigan 159 kilogrammli baliq tutdi. Bu haqda UPI portali xabar berdi.

O‘tgan yil 31 dekabr kuni Boyll Instagram’dagi akkauntida Hyporthodus nigritus turiga mansub ulkan gruper balig‘i fotolarini joyladi va ularga «2019 yilning ajoyib yakuni», deya izoh qoldirdi.

Florida yovvoyi tabiat va baliq xo‘jaligi tadqiqot instituti ekspertlarining bildirishicha, gruper o‘tgan yil 29 dekabrda 180 metr chuqurlikda qarmoqqa ilingan. U kamida 50 yoshni qarshilagani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, gruper balig‘ining uzunligi 2,8 metr, og‘irligi esa 360 kilogrammga yetishi mumkin. Qirilib ketish xavfi ostida bo‘lgani uchun gruperlarni tutish ta’qiqlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Floridada odam bo‘yi keladigan baliq tutildi. Gruper 159 kg tosh bosdi