Фото: «Phys.org»
«Regnum» AA yozishicha, Yel universiteti (AQSH) olimlari 66 mln. yil muqaddam dinozavrlar qirilib ketishiga vulqonlar emas, balki aynan ulkan meteoritning kelib tushishi sabab bo‘lgan, degan yakuniy xulosaga kelishdi. Bu haqda «Phys.org» portali birinchi bo‘lib xabar tarqatdi.
Oxirgi paytlarda fanda dinozavrlarning qirilib ketishi borasida ikki qarash ustun edi. Birinchisi — Yerga ulkan meteorit kelib urilishi. Diametri 10 kilometrlik bu meteorit Yer atmosferasiga 25 km/soniya tezlikda kirib kelib, zamonaviy Meksikaning Yukatan yarimoroli hududlariga qulagan. Hozir Chiksulub nomi bilan mashhur bu krater qisman Meksika ko‘rfazida joylashgan.
Bahaybat meteorit kelib tushganidan so‘ng Yer yuzidagi hayvonot olamining 75 foizi qirilib bitgan. Meteorit kelib urilishidan hosil bo‘lgan portlash kuchiga butun dunyodagi atom bombalari bir bo‘lsa ham tenglasholmaydi.
Ikkinchisi — zamonaviy Hindistonning Dekan mintaqasi hududidagi seriyali vulqon otilishlari degan faraz. Ayrim olimlar shu paytgacha bu vulqonlar otilaverishidan sayyoramiz iqlimi keskin o‘zgarib ketib, dinozavrlar qirilib ketgan, degan taxminlarni ilgari surib kelishayotgandi.
Endi ma’lum bo‘lyaptiki, Dekan mintaqasidagi vulqonlar chindan ham sayyoramiz iqlimini o‘zgartirib yuborgan, biroq bu dinozavrlar qirilib bitgan 66 million yil oldingi davrdan ham ancha burun sodir bo‘lgan. Garchi keyinchalik, kech bo‘r davrida ham vulqonlar faollashib tursa-da, aksariyat jonivorlar yashab, moslashib, shimoliy kengliklarga ko‘chib o‘tgan, iqlim barqarorlashgach esa, tarixiy vatanlariga qaytishgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi