Islom inqilobi muhofizlari korpusi katerlari Fors ko‘rfazida Kuvaytga qarashli uchta kemani ushladi. Bu haqda Tasnim agentligi xabar bermoqda.
Agentlikning xabariga ko‘ra, "Kuvaytga qarashli uchta kema Eron hududiy suvlariga bostirib kirganidan so‘ng ushlangan".
Islom inqilobi muhofizlari korpusi vakilining aniqlik kiritishicha, "Kuvaytga qarashli baliqchilik shxunalari Mohshahr shahri yaqinida ushlangan". Uning so‘zlariga ko‘ra, shxunalar hududga noqonuniy ravishda kirgan.
U shuningdek, to‘qqiz nafar ekipaj a’zosi hibsga olingani va Eron sud hokimiyatiga topshirilganini aytdi.
Mazkur holat bo‘yicha Kuvayt amirligi hukumati tomonidan rasmiy izoh hozircha berilmadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi