Nazarboyevning qizi Shveytsariyada ko‘chmas mulk sotib oldi

Nazarboyevning qizi Shveytsariyada ko‘chmas mulk sotib oldi
Foto: RIA Novosti
Qozog‘istonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyevning qizi Dinara Kulibayeva Shveytsariyadagi qasriga (Château de Bellerive) yondosh yerni 44 million frank evaziga sotib oldi.

Xabar qilinishicha, ushbu yer 1,5 gektardan iborat bo‘lib, o‘tgan yili Kulibayeva tomonidan sotib olingan qasr hududiga tutashib ketadi. Ushbu qasr XVII asrda qurilgan bo‘lib, Monako fuqarosi Mark Sursokdan xarid qilingan.

Dinara Kulibayeva Château de Bellerive uchun 62 million frank to‘lagani ma’lum qilingan edi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar