22:22 / 25.01.2020
3 062

Afrika qit’asidagi jami ayollardanda boyroq 22 erkak

Afrika qit’asidagi jami ayollardanda boyroq 22 erkak
Foto: Getty Images
Oxfam xalqaro xayriya tashkiloti hisobotida boylar va qashshoqlar o‘rtasidagi farq o‘sib borayotgani xavfli tus olayotganini ta’kidlab, kapitalistik tuzum samarasiz ekanini e’tirof qildi, deb yozadi CNN axborot nashriga tayanib Daryo.

Oxfam dunyo hukumatlarini ayollarning og‘ir mehnatini yengilashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqarishga chaqirdi. Xalqaro xayriya tashkiloti boylardan olinadigan soliq miqdorini oshirishni, bolalarga g‘amxo‘rlikni, sog‘liqni saqlash tizimiga ko‘proq mablag‘ ajratishni taklif qildi.

Oxfam’ning yillik hisoboti Davosdagi Butujahon iqtisodiy kengashi ochilish marosimida e’lon qilindi. Bu forum har yili dunyoning eng boy va ta’sirga ega kishilari yig‘ilishi bilan mashhur.

Xayriya tashkiloti hisoboti quyidagilari bilan diqqatga sazovor:
- 2 153 milliarder Yer sayyorasining 4,6 milliard aholisidan ko‘proq boylikka ega;
- 22 eng boy erkak Afrika qit’asidagi jami ayollardan-da boyroq. BMT ma’lumotiga ko‘ra, Afrikada 20 yoshdan yuqori 326 million ayol istiqomat qiladi;
- dunyoning eng boy 1 foiz aholisi 6,9 milliard odamga nisbatan ikki baravar boyroq;
- keksalar va bolalarga g‘amxo‘rlik qilish uchun ayollar sarflaydigan mablag‘10,8 trillion dollar;
- milliarderlar soni keyingi 10 yilda ikki karra ko‘paydi.

63 sahifalik hisobotda jahon yetakchilari boylar va qashshoqlar o‘rtasidagi farq keskin oshib borayotganiga yetarlicha ahamiyat bermayotgani ta’kidlanadi. Bu biznesda hal qiluvchi mansablar erkaklar hissasiga to‘g‘ri kelishi bilan ham izohlanadi. Hisobotda iqtisodiy notenglik gender notenglikka asoslanishi aytiladi.

Aholi keksayishi va bepul xizmatlar qisqarishi keksalar va bolalarga g‘amxorlik qilish ishlarini ko‘paytiradi va tengsizlik yanada oshishiga imkon beradi. Buning oldini olishning yo‘li sifatida qariyalar va bolalarga g‘amxo‘rlik qilishning milliy tizimlarini yaratish, bepul xizmatlarni ko‘paytirish va boylardan olinadigan soliqlani oshirish yaxshi natija berishi taklif qilindi.

Hisobot ko‘p mamlakatlarda, shu jumladan, AQSHda ham milliarderlar jamiyat uchun qanchalik foydali degan munozara ortidan nashr qilindi.
Oxfam xulosalariga ko‘ra, kapitalistik jamiyatlar samarasiz, chunki bu monopoliyalar gullab-yashnashi va boylik ayrim kishilar qo‘lida to‘planishiga olib keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrika qit’asidagi jami ayollardanda boyroq 22 erkak