Xitoy yangi turdagi koronavirusning avj olishi sabab mamlakatda yovvoyi hayvonlar savdosini taqiqladi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Ta’kidlanishicha, yovvoyi hayvonlar ko‘paytiriladigan barcha joylarni ajratishni talab qilingan. Yovvoyi hayvonlarni olib chiqishga, tashishga va sotishga qat’iy taqiq qo‘yilgan.
Qishloq bozorlarida, umumiy ovqatlanish muassasalarida va elektron tijorat platformalarida yovvoyi hayvonlar bilan savdo qilishning barcha turdagi shakllariga qat’iy taqiq joriy etilgan.
Xitoy hukumati iste’molchilarni yovvoyi hayvonlarning go‘shtini iste’mol qilish sog‘liqqa tahdid solayotganini anglashlari lozimligi haqida ogohlantirgan va sog‘lom ovqatlanishni tavsiya qilgan.
“Jenmin jibao” gazetasi xitoylik olimlar yangi turdagi koronavirus 90 foizga Chjetszyan provinsiyasidagi Chjoushan shahridagi yashovchi ko‘rshapalaklar organizmidagi koronavirusga o‘xshashligini aniqlashganini xabar qilgan edi.
So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, faqat Xitoyning o‘zida 1975 nafar kasallanganlar haqida ma’lum, ulardan 56 nafari vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi