
«Los Anjeles Leykers» klubining sobiq basketbolchisi Kobi Brayant Los Anjeles shahri yaqinida vertolyot halokatidan vafot etdi. U bilan birga 13 yoshli qizi Janna va yana 7 kishi bo‘lgan.

Vertolyot Kalababas shahri yaqinidagi tepaliklarga qulagan, hozircha fojea tafsilotlari ma’lum emas. Qutqaruvchilar darhol voqea joyiga yetib borgan, ammo tirik qolganlar topilmagan.

Hozircha vertolyot qayerdan va qayerga yo‘l olgani ham ma’lum emas. Brayant tez-tez o‘zining xususiy Sikorsky S-76a vertolyotidan foydalanib turardi. Guvohlarning ma’lum qilishicha, vertolyot qulashidan bir necha daqiqa oldin uning motorlari o‘chib qolganini eshitishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar