Foto: «informator.ua»
Xitoydan tashqariga tarqalib ulgurgan yangi kasallik – koronavirus butun dunyo aholisini xavotirga solmoqda. Qator mamlakatlar Xitoy bilan vaqtincha «bordi-keldi»ni to‘xtatyapti, «buyuk devor» ortida esa shaharlarda ommaviy karantinlar tashkil qilinmoqda.
Internetda ushbu kasallikning dunyo bo‘ylab tarqalishini onlayn ko‘rsatib turadigan servis ishga tushirildi.
Servisning interfeysida Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotidan hamda mazkur kasallikka qarshi kurashish bo‘yicha AQSH, Xitoy va Yevropada tashkil etilgan markazlardan olingan dolzarb ma’lumotlar, muntazam yangilanib turuvchi statistika ko‘rsatilib boriladi.
Unda dunyoning barcha burchaklarida koronavirus bilan kasallanish holatlari tasdiqlangan ma’lumotlar, tuzalib ketgan bemorlar yoki vafot etganlar soni ham berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamyurtlarimizga nafaqat Xitoy, balki boshqa xorijiy davlatlarga ham chiqmaslikni tavsiya qilgandi. Qolaversa, Jizzaxda koronavirus tarqalganligi haqidagi xabarlar asossiz ekanligini ham ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi