Foto: Google Images
Xitoy qurol ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda AQSHdan keyingi ikkinchi mamlakatga aylandi. Bu Tinchlik muammolarini o‘rganish bo‘yicha Stokgolm institutining ma’ruzasida qayd etilgan, deb yozmoqda Meduza'ga tayanib Daryo nashri.
Ma’lum qilinishicha, Xitoyning harbiy-sanoat kompleksi hajmini aniqlash uchun ekspertlar Xitoyning qurol ishlab chiqaruvchi to‘rtta kompaniyasining moliyaviy ko‘rsatkichlarini o‘rganib chiqqan. Bungacha institut Xitoy kompaniyalarini o‘zining 100 ta eng yirik qurol ishlab chiqaruvchilari reytingiga kirita olmagan, chunki ularning imkoniyatlarini baholash juda qiyin bo‘lgan. Biroq birjaga chiqqanidan so‘ng, bir nechta yirik kompaniya hisobotlarni e’lon qilishni boshladi.
Qayd etilishicha, 2017 yilda qurol ishlab chiqaruvchi eng yirik 20 ta davlat ro‘yxatiga AQSHning 11 ta, Yevropa mamlakatlarining 6 ta va Rossiyaning 3 ta kompaniyasi kirgan. Agar o‘sha reyting ayni paytda tuzilganda unga Xitoyning to‘rtta kompaniyasi kirgan bo‘lar edi, ularning uchtasi esa birinchi o‘ntalikda bo‘lar edi.
2017 yilda Xitoyning to‘rtta kompaniyasiga tegishli qurol savdosi hajmi 54,1 milliard dollarni tashkil etgan. Bu Rossiyaning 2017 yildagi eng yirik o‘nta harbiy-sanoat kompaniyasi savdosi hajmidan 16,4 milliard dollarga ko‘p hisoblanadi. Shuningdek, qayd etilishicha, Xitoy kompaniyalari o‘z ko‘rsatkichlarini pasaytirib ko‘rsatishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi