Foto: «Reuters»
Prezident matbuot kotibining aytishicha, RF konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bilan shug‘ullanayotgan komissiyaga turli takliflar kelib tushmoqda. Xususan, prezident lavozimini «oliy hukmdor» deya qayta nomlash haqida. Kreml Rossiya konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritib, prezident lavozimini «oliy hukmdor»ga qayta nomlash taklifi boshqa takliflar qatori ko‘rib chiqilishini ma’lum qildi.
«UNIAN»ning RFdagi muxbiri yozishicha, bu haqda prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qilgan.
Peskovning aytishicha, davlat rahbari lavozimi qayta nomlanishi va «oliy hukmdor»ga o‘zgartirilishi g‘oyasi borasida prezident Vladimir Putin munosabat bildirmagan.
«Hozircha hammasi muhokama tartibida ketyapti, bu yangi g‘oya. Prezident Putin bu borada hech narsa demadi», — ta’kidladi Peskov.
«Muhokamalar davomida, komissiya ishi mobaynida (Konstitutsiyani o‘zgartirish bo‘yicha) juda ko‘plab takliflar kelib tushadi, muhokamalardan maqsad ham shu — fikrlarni yig‘ish. Davlat rahbari o‘z tashabbusini ilgari surdi va endi, mutlaqo erkin tartibda komissiyaga qo‘shimcha xususiyatga ega munosabatlar kelib tushmoqda, muhokamalardan so‘ng, tabiiyki, bularning qaysi birlaridir inobatga olinadi, qaysi birlari esa yo‘q, komissiya faoliyatining natijasini shunda bilamiz. Hozircha munozaralar davom etmoqda», — qo‘shimcha qildi Dmitriy Peskov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin