Foto: Instagram/Cristiano
Portugaliya terma jamoasi va Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Instagram tarmog‘ida 200 mln obunachiga ega bo‘lgan dunyodagi birinchi inson bo‘ldi.
"Qoyil-ey, 200 mln. Menga har kuni bu sayohatda hamrohlik qilayotgan barchaga rahmat”, deb izoh bergan Ronalduning o‘zi bu natijasiga.
Instagram’da Ronaldudan ko‘proq obunachiga faqat ijtimoiy tarmoqning o‘zi ega – 330 mln obunachi.
Ijtimoiy tarmoqda eng ko‘p obunachilarga ega foydalanuvchilar uchligiga Ronaldudan tashqari, amerikalik qo‘shiqchi Ariana Grande (173 mln) va aktyor Dueyn Jonson (170 mln) kiradi.
Shuningdek, internet qidiruv tizimlaridagi tayanch so‘zlarni o‘rganuvchi SEMRush’ga ko‘ra, Ronaldu boshqa futbolchilarga nisbatan ko‘proq qidiriladi. Bir oyda o‘rtacha u haqida 870500 marta so‘rov amalga oshiriladi.
Avvalroq Ronaldu 2019 yilda Instagram’da eng ko‘p pul topgan kishi bo‘lgani, u yil davomida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali 38,2 mln funt sterling ishlab topgani ma’lum qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi