Ronaldu Messining postida Instagram rekordini yangiladi

Ronaldu Messining postida Instagram rekordini yangiladi

Futbol olamining ikki buyuk yulduzi — Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi nomi yana bir bor ijtimoiy tarmoqlarda birga tilga tushdi. Bu safar portugaliyalik hujumchi Messining Instagram'dagi postiga qoldirgan izohi bilan rekord o‘rnatdi.

Lionel Messining otasi Xorxe Messi vafot etganidan so‘ng argentinalik futbolchi ijtimoiy tarmoqda otasiga bag‘ishlangan post qoldirgan. Ronaldu ushbu post ostida Messi va uning yaqinlariga hamdardlik bildirib, og‘ir kunlarda oilasiga kuch va sabr tilagan.

Futbolchining qisqa, ammo samimiy izohi muxlislar e’tiboridan chetda qolmadi. Izoh qisqa vaqt ichida millionlab layk to‘pladi.

16 avgust holatiga ko‘ra, Ronalduning Messi posti ostidagi izohi 6,7 milliondan ortiq layk yig‘gan. Shu tariqa u Instagram tarixida eng ko‘p layk to‘plagan kommentariyga aylandi.

Qizig‘i, Ronaldu bunday natijaga avval ham erishgan edi. Uning boshqa bir izohi Instagram'dagi layklar bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Biroq endi portugaliyalik yulduz o‘z rekordini aynan Messining posti ostida qoldirgan izohi bilan yangiladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar