07:00 / 31.01.2020
3 078

Koreys politsiyasi o‘g‘ri otani nima uchun kechirdi?

Koreys politsiyasi o‘g‘ri otani nima uchun kechirdi?
Shu kunlarda Janubiy Koreya kanallarida bir voqea shov-shuvga aylandi.
Ota-bola do‘konga kirib, sumkasiga sut, 6 dona olma va ichimlik joylaydi. Buni video kuzatuvda ko‘rib turgan do‘kon egasi ularni kassa oldida to‘xtatadi.

Xijolat bo‘lgan ota faqat “Meni kechiring” deya oldi. Politsiya kelib surishtirib ko‘rsa, o‘g‘rilikni sodir etgan 34 yoshli koreys fuqarosi 6 oydan buyon betobligi sabab ishsiz bo‘lib chiqadi. 12 yoshli o‘g‘lidan tashqari uyida xotini va 7 yoshli o‘g‘li ham bor ekan.

Xullas, do‘kon egasi uning ustidan politsiyaga shikoyat qilishdan voz kechadi. Politsiya esa ularni yaqinroq restoranga olib borib ovqatlantiradi. Shu payt do‘kondagi voqeaga guvoh bo‘lib turgan bir kishi ularning stoliga ustiga 200 ming koreya voni (170 AQSH dollari) solingan konvert qo‘yib, indamay chiqib ketadi.

Politsiya uni bu qilmishi uchun qamab yuborish ham mumkin edi. Lekin “Politsiya o‘g‘rilik qilishga majbur bo‘lgan otaga doimiy ish topib berdi“, deb yangiliklarda chiqdi.

14 dekabrda esa o‘g‘rilik sodir bo‘lgan do‘konga notanish ayol bir quti olma olib keladi va yangiliklarda chiqqan oilaga yordam sifatida jo‘natib bering, deb iltimos qiladi. Keyinchalik shunday iltimos bilan boshqa odamlar ham do‘konga kela boshlaydi...

Aytmoqchi bo‘lganimiz, Koreya politsiyasi jazolovchi organ emas. Ular qiyinchilikka tushib qolgan fuqarolarga yordam berishni asosiy vazifasi deb biladi.

Ulug‘bek Yusupov

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koreys politsiyasi o‘g‘ri otani nima uchun kechirdi?