07:58 / 31.01.2020
2 731

Pekinda koronavirus sababli dafn marosimlari va 02.02.2020 sanada nikohdan o‘tish taqiqlandi

Pekinda koronavirus sababli dafn marosimlari va 02.02.2020 sanada nikohdan o‘tish taqiqlandi
Foto: REUTERS/Benoit Tessier
Pekin ma’muriyati Xitoyda koronavirus tarqalishi xavfi sababli dafn marosimlari o‘tkazish va 2020 yilning 2 fevralida (02.02.2020) nikohdan o‘tishni taqiqladi.

Bu haqda fuqarolik masalalari bo‘yicha byuroga tayangan holda Beijing Daily nashri xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, xitoychada “02.02.2020” raqamlar ketma-ketligi o‘qilishi “Men seni sevaman, seni sevaman” kabi yangraydi. Shu sababli ko‘plab nikoh qurishni istagan juftliklar “ming yilda bir marta keladigan bunday imkoniyatdan” foydalanishmoqchi bo‘lishgan.

Yangi koronavirus bilan chaqiriluvchi zotiljam epidemiyasining oldini olish va uning nazoratini kuchaytirish hamda odamlarning to‘planishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharda 2020 yil 2 fevralga rejalashtirilgan nikohlar bekor qilindi”, deyilgan xabarda.

2 fevralga nikohdan o‘tish uchun ariza topshirgan juftliklarga uni boshqa sanaga ko‘chirish iltimos qilingan. Bundan tashqari, fuqarolarga 14 fevral va 22 fevralda ham nikohdan o‘tmaslik tavsiya qilingan.

Shuningdek, Xitoy poytaxtida dafn marosimlari o‘tkazilishini to‘xtatishga qaror qilingan. Pekin ma’muriyati vakili Li Vanszyunning ta’kidlashicha, shahardagi barcha dafn marosimlarini tashkillashtiruvchi 12 byuro o‘z ishini to‘xtatgan. Bu ham bir yerga ko‘p odam to‘planmasligi maqsadida qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pekinda koronavirus sababli dafn marosimlari va 02.02.2020 sanada nikohdan o‘tish taqiqlandi