07:00 / 01.02.2020
3 708

Koronavirus xitoyliklarni noqulay ahvolga solib qo‘ymoqda

Koronavirus xitoyliklarni noqulay ahvolga solib qo‘ymoqda
Italiya hukumati koronavirus munosabati bilan olti oylik favqulodda holat e’lon qildi va kasallikka qarshi kurashish uchun 5 million yevro ajratdi.

VVSning xabar berishicha, poytaxt Rimda xitoylik ikki turistda koronavirus aniqlangan. Virus tufayli italiyaliklar orasida sarosima va xitoyliklarga nisbatan irqchilik holatlari boshlangan. Xususan, o‘tgan hafta Venetsiyada bir guruh yoshlar xitoylik er-xotinni haqoratlab, ularga qarata tupurgan. Ancha yillardan beri Turinda yashaydigan bir oila ham haqoratlangan.

Italiyadagi xitoy restoranlari endilikda bo‘shab qolgan. Rimdagi mashhur Santa Setsiliya konservatoriyada Uzoq Sharqdan kelgan barcha talabalarning darslari to‘xtatib qo‘yilgan. Konservatoriya rahbariyati irqchilik haqidagi ayblovlarni rad etdi.

Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Italiyada 300 mingga yaqin xitoylik yashaydi. Yevropa bo‘yicha eng ko‘p xitoylik sayyoh aynan Italiyaga keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirus xitoyliklarni noqulay ahvolga solib qo‘ymoqda