Shanxay farmakologiya instituti va Uxan virusologiya instituti olimlari Xitoy tabobatida qo‘llanuvchi Shuanghuanglian Koufuye deb nomlanuvchi dori yangi koronavirusni to‘xtata olishini aniqlashdi.
Ta’kidlanishicha, dori tarkibiga yapon shilvisi (buta o‘simlik), Baykal shlemnigi va egik forsaytiya deb nomlanuvchi o‘simliklar kiradi. Xitoy tabobatida bu o‘simliklar isitmani tushirishi, organizmdan toksinlarni chiqarishi, insonni tashqi va ichki tomondan tozalashi ta’kidlanadi. Zamonaviy tadqiqotlarga ko‘ra, Shuanghuanglian Koufuye virusga va bakteriyalarga qarshi xossalarga ega hamda organizmning immun funksiyasini oshiradi.
2003 yilda Shanxay farmakologiya instituti tadqiqotchilari Shuanghuanglian Koufuye’ning atipik zotiljam bilan kurasha olishini aniqlashgandi. Shundan keyin ular 10 yil davomida vositaning grippning bir qator viruslari (H7N9, H1N1, H5N1), o‘tkir og‘ir respirator sindrom [SARS] va Yaqin Sharq respirator sindromiga [MERS] qarshi kurashdagi samaradorligini o‘rganishni davom ettirishgan. Barcha hollarda vosita virusga qarshi samarali ekanini ko‘rsatgan. Hozirda dorining klinik sinovlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?
Ar-Riyodda forum: AQSH-Xitoy tirashuvi va Yaqin Sharq inqirozi diqqat markazida
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Fransiyalik taniqli aktyor Jerar Deparde jinsiy tajovuzda ayblab, hibsga olindi
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi