3 601
Hindistonda 23 bolani garovga olgan erkak otib tashlandi, uning rafiqasi toshbo‘ron qilindi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Farruxobod okrugida 23 bolani garovga olgan erkak politsiya tomonidan otib tashlandi.
Avvalroq Suresh Batam ismli erkak bir yoshli qizining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun uyiga bolalarni taklif qilib, so‘ngra ularni garovga olgani ma’lum qilingandi. Tug‘ilgan kunga 6 oylik chaqaloqlardan tortib 15 yoshgacha bo‘lgan 23 bola va bir necha ayol kelgan. Bir mahal erkak uyi eshigini qulflab, mehmonlarga qurol bilan tahdid qila boshlagan, tashqarida qolgan ota-onalarga o‘q uzib, granata uloqtirgan.
Bosqinchi bilan bir necha soatlik muzokaralar samara bermagan. Erkak 2001 yilda jazoga tortilgan qotillikni sodir etmaganini baqirib, bolalarni qo‘yib yuborishdan bosh tortgan. Politsiya erkak mast yoki ruhiy nobarqaror degan taxminga borgan. Shundan keyin uyga bostirib kirilib, jinoyatchi otib tashlangan.
Sureshning rafiqasi qochib ketmoqchi bo‘lganda, odamlar payqab qolib, unga tosh va g‘ishtlar uloqtira boshlashgan. Politsiyachilar ayolni g‘azablangan odamlar orasidan olib chiqib, uni shifoxonaga yetkazishgan. Biroq ayol olingan jarohatlardan 31 yanvar kuni vafot etgan.
Politsiyada ayol turmush o‘rtog‘ining qabih rejasidan xabardor bo‘lgani va hattoki rejani amalga oshirishda qarashgan bo‘lishi mumkinligi aytilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Sun’iy intellekt qadimgi yunon faylasufi Platonning qabrini topdi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
Ekspert: G‘arb Rossiya g‘alabasidan keyin quvg‘indagi Ukraina hukumatini yaratishi mumkin