Foto: AFP
Xitoyda yangi koronavirus qurbonlari soni yana 46 kishiga ko‘paydi. Virus yuqtirganlar soni 12 ming kishiga yaqinni tashkil qilmoqda.
Virusning qurbonlari umumiy soni 259 nafarga yetdi, 11791 odam u bilan zararlangan. Bu haqda 1 fevral kuni Xitoy mutasaddi idoralari ma’lum qildi.
Bir kun ichida virus bilan kasallanganlar soni 2102 nafarga ko‘paygan. Kasallikdan forig‘ bo‘lganlar soni 243 nafarga yetdi.
Bir kun avval virus keltirib chiqaruvchi zotiljamdan 213 kishi vafot etgani, 9692 kishi virus yuqtirgani ma’lum qilingandi.
Bundan tashqari, 17988 kishi koronavirus yuqtirganlikka gumon qilinmoqda.
Shuningdek, Xitoyning maxsus ma’muriy hududlari hisoblangan Hongkongda 13 kishi, Makaoda 7 kishi, Tayvanda 10 kishi virusga chalingan.
Osiyoning qolgan davlatlarida virus yuqtirish bo‘yicha 80 ta, Yevropada 19 ta, Shimoliy Amerikada 10 ta, Avstraliyada 9 ta, dunyoning qolgan hududlarida 4 ta holat qayd etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi