
Foto: AP Photo / Rich Pedroncelli
AQSH mutasaddi idoralari Qirg‘iziston, Eritreya, Myanma, Nigeriya, Sudan va Tanzaniya davlatlarini fuqarolariga viza berish cheklovlari amal qiluvchi davlatlar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda AQSH nashrlari xabar berdi.
Bu cheklovlar sayyohlar va AQSHda ishlovchi tadbirkorlarga taalluqli bo‘lmaydi. Ushbu chora AQSHda qo‘nim topmoqchi bo‘lgan immigrantlarga qarshi qaratilgan.
AQSH bu choraning kiritilishini ro‘yxatga tushgan davlatlarda xavfsizlikni ta’minlashning uncha yuqori bo‘lmagan standartlari amal qilishi bilan asoslagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar